Qozog‘istonda 2026 yil sentyabr oyida ichki aviareyslar chastotasi haftasiga 890 taga yetdi. Yil oxirigacha uchta yangi aeroport qurilishini yakunlash rejalashtirilgan.
Qozogʻistonning Air Astana aviakompaniyasi oktyabr oyi oxirida Ummonning ikkinchi yirik shahri — Salalaga muntazam reyslarni amalga oshirishni boshlaydi. Parvozlar Olmaota va Ostonadan haftasiga bir marta bajariladi.
Qozog‘istondagi poyezd yo‘lovchilari messenjerlarda matnli xabarlar almashish uchun bepul internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hozirgi vaqtda 1500 dan ortiq vagon Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti bilan jihozlangan.
Qozog‘istonda yettita havo kemasi va 50 ta sayyohlik obyektini internet bilan ta'minlash, shuningdek, yil oxirigacha «G‘arbiy – Sharqiy» magistralini yotqizish ishlarini yakunlash rejalashtirilmoqda.
Air Astana 2026-yil 30-noyabrdan boshlab Olmaotadan Tokioga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Samolyotlar Narita aeroportiga haftasiga ikki marta parvoz qiladi. Bu haqda aviakompaniya ma'lum qildi, deya xabar beradi Kazinform.